遇见数据集

ALKALOZ SHAROITIDA BAZOFIL HUJAYRALARDA YALLIG'LANISHGA QARSHI TORMOZLOVCHI YO'LLARNING FAOLLASHUVI YOKI SUSAYISHI

收藏
Zenodo2026-04-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ilmiy sharh bazofil hujayralar faoliyatining alkaloz sharoitidagi o‘zgarishlarini, xususan, yallig‘lanishga qarshi immun tizim tormozlovchi mexanizmlarining faollashuvi yoki susayishi aspektlarida tahlil qilishga bag‘ishlangan. So‘nggi o‘n yillikda (2015-2025) olib borilgan tadqiqotlar bazofillarning nafaqat anafilaktik reaksiyalardagi klassik roli, balki ularning pH o‘zgarishlariga sezuvchanligi va turli patologik sharoitlardagi muhim immunoregulyator funksiyalari haqidagi tushunchalarni tubdan o‘zgartirdi. Ushbu sharhda karbonat angidrazalar, xususan CA8 fermentining bazofil hujayralarda yuqori ifodalanishi va uning hujayra ichidagi pH balansini saqlashdagi roli tahlil qilinadi . Alkaloz sharoitida (pH >7.45) bazofillarda yuzaga keladigan molekulyar o‘zgarishlar, jumladan p38-SGK1 signal yo‘lining faollashuvi, IL-4 sitokinining ishlab chiqarilishiga ta’siri va yallig‘lanishga qarsiy tormozlovchi mexanizmlarning disfunksiyasi batafsil yoritiladi . Shuningdek, yuqori tuzli muhitning (gipernatremiya) bazofil degranulyatsiyasiga ta’siri va bu jarayonning alkaloz bilan o‘zaro bog‘liqligi muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, alkaloz sharoyiti bazofillarning funksional holatini ikki tomonlama o‘zgartirishi mumkin: bir tomondan, aytoimmün va allergik kasalliklarda patologik jarayonlarni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum sharoitlarda yallig‘lanishga qarshi himoya mexanizmlarini faollashtirishi mumkin. Ushbu murakkab munosabatlarni tushunish surunkali yallig‘lanish kasalliklarini davolashda yangi terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务