OLIY TA'LIMDA PARTISIPATIV BOSHQARUVNING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Zamonaviy oliy ta’lim muassasalari murakkab boshqaruv muammolari bilan yuzlashmoqda: bir tomondan — sifat va samaradorlik talabi, boshqa tomondan — demokratlashuv va talabalar ishtiroki bo`yicha xalqaro majburiyatlar. UNESCO (2022) «Kelajagimizni qayta tasavvur qilish» hisobotida oliy ta’limda manfaatdor tomonlar ishtiroki asosida boshqaruvni tashkil etish global ta’lim islohotlarining ustuvor yo`nalishi sifatida belgilangan. Shu bilan birga, ko`pgina OTMlarda talabalar ishtiroki hali ham rasmiy xarakter kasb etib, qarorlarning real borishiga ta’sir ko`rsatmaydi (Klemenčič, 2020). Bundan tashqari, O`zbekiston kabi post-Sovet ta’lim tizimlarida vertikal hokimiyat tuzilmasi partisipativ mexanizmlarni joriy etishni qiyinlashtiruvchi tizimli omil sifatida namoyon bo`ladi (Salimova et al., 2023). Ushbu ziddiyatni bartaraf etish — dolzarb ilmiy va amaliy muammodir.



