OCHIQ UZUN SUYAK SINISHLARIDA INFEKSION ASORATLARNING RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR VA ULARNING OLDINI OLISH
收藏资源简介:
Ochiq uzun naysimon suyak sinishlari travmatologiyaning eng murakkab muammolaridan biri bo’lib qolmoqda, chunki ular yumshoq to’qima va suyak to’qimasining tashqi muhit bilan bevosita aloqasi tufayli yuqori infeksion asorat xavfiga ega. Infeksion asoratlar (yara infeksiyasi, osteomielit, sepsis) bemor davolanish muddatini uzaytiribgina qolmay, ekstremitani saqlab qolish imkoniyatini ham xavf ostiga qo’yadi. Maqolada ochiq suyak sinishlarida infeksion asoratlar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar (jarohat mexanizmi, Gustilo-Anderson klassifikatsiyasi bo’yicha turi, jarrohlik yordamining o’z vaqtida ko’rsatilishi, antibiotikoprofilaktika muddati) tahlil qilingan hamda ularning oldini olish bo’yicha zamonaviy klinik tavsiyalar umumlashtirilgan.



