MILLIY-MADANIY SEMANTIKANING UNIVERSAL VA SPETSIFIK JIHATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada milliy-madaniy semantikaning universal va spetsifik jihatlari qiyosiy tilshunoslik hamda lingvokulturologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda turli tillardagi leksik birliklarning semantik tuzilishi, ularning denotativ va konnotativ qatlamlari hamda milliy madaniyat bilan bog‘liq semalarning ifodalanish xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, xalq mentalitetining leksik tizimda aks etishi hamda kollektivistik va individualistik dunyoqarashlarning til vositalari orqali namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan. Tadqiqot davomida semantik maydon nazariyasi, komponent tahlil va lingvokulturologik yondashuvlardan foydalanilib, milliy-madaniy semalarning universal va etnospetsifik xususiyatlari aniqlangan. Natijalar tillarararo muloqot, tarjima nazariyasi va xorijiy tillarni o‘qitishda madaniy-semantik tafovutlarni hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi.



