IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR DUNYOQARASHIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar dunyoqarashiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli muhitda ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning bilim olishi, muloqot qilishi, ijodiy salohiyatini rivojlantirishi va ijtimoiy faolligini oshirishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ularda tarqaladigan noto‘g‘ri axborot, haddan tashqari foydalanish, psixologik stress va noto‘g‘ri qadriyatlar yoshlar shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy jihatlari solishtirilib, yoshlarning ularni ongli va maqsadli foydalanishi uchun tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri ularning o‘ziga emas, balki yoshlarning raqamli savodxonligi, vaqtdan foydalanish madaniyati va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga bog‘liq ekanligi asoslangan.



