OPERATSIYADAN KEYINGI YARA INFEKSIYALARINI PROGNOZ QILISHDA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH.
收藏资源简介:
Ushbu tezisda operatsiyadan keyingi, jumladan akusherlik jarrohligidan so'ng rivojlanadigan yara infeksiyalarini erta bashorat qilishda sun'iy intellekt (SI) va mashinali o'qitish (MO) algoritmlarining qo'llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. So'nggi yillar ilmiy adabiyotlari asosida operatsiya sohasi infeksiyalarini (OSI) bashorat qiluvchi turli MO modellari — neyron tarmoqlar, tasodifiy o'rmon, gradient bustinga asoslangan algoritmlar — ko'rib chiqilgan hamda ularning diagnostik aniqligi an'anaviy klinik baholash usullari bilan solishtirilgan. Natijalar SI asosidagi modellarning yuqori aniqlik ko'rsatishi bilan birga tibbiyot xodimlariga tushadigan ish yukini sezilarli darajada kamaytirish salohiyatiga ega ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, mahalliy sharoitda prospektiv tadqiqotlar va tashqi validatsiya zarurligi ta'kidlangan.



