RAQAMLI IJTIMOIY HIMOYALASH ORQALI AHOLI TURMUSH SIFATINI BAHOLASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli ijtimoiy himoyalash tizimlari orqali aholi turmush sifatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarni ijtimoiy himoya sohasiga joriy etish natijasida xizmatlarning tezkorligi, shaffofligi va manzilliligi oshib borayotgani ilmiy asosda yoritiladi. Shu bilan birga, turmush sifatini baholashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan, daromadlar darajasi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlari bilan qamrov darajasi hamda raqamli xizmatlardan foydalanish faolligi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida raqamli ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirish va turmush sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqiladi.



