Raqamli ta'lim muhitida boshlang'ich sinflarda matematika fanini integratsiyalashgan holda o'qitishning nazariy asoslari
收藏资源简介:
. Ushbu maqola raqamli ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf matematika darslarida integratsiyalashgan ta’limni amalga oshirishda innovatsion yondashuvning nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda an’anaviy matematikani o‘qitishdagi mavjud muammolar tahlil qilingan va zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitishning ahamiyati ochib berilgan. Ishda boshlang‘ich ta’limda integratsiyalashgan ta’lim va raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha zamonaviy ilmiy tadqiqotlar o‘rganilib, ularning pedagogik samaradorligi baholangan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitida integratsiyalashgan matematika darslarini tashkil etishning asosiy tamoyillari va metodologik yondashuvlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilik sifatida ish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan raqamli resurslar yordamida ta’lim jarayonini optimallashtirish va innovatsion ta’lim shakllarini joriy etishga qaratilgan nazariy hamda amaliy takliflarni o‘z ichiga olgan. Ushbu tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish sifatini oshirish va raqamli ta’lim muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.



