GOOGLE TRANSLATE-NING ENG KO'P YO'L QO'YADIGAN LINGVISTIK XATOLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada dunyodagi eng mashhur mashina tarjima vositalaridan biri boʻlgan Google Translate-ning lingvistik xatolar tahlili amalga oshirilgan. Tarjimon dasturlari, xususan, Google Translate kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va professional faoliyatda keng qoʻllanilishiga qaramay, ularning tarjima sifatiga oid muammolar mavjud. Tadqiqotda Google Translate tomonidan yoʻl qoʻyiladigan asosiy xato turlari – grammatik va sintaktik xatolar, leksik xatolar, kontekstni tushunmaslik, soʻz tartibidagi xatolar hamda madaniy va pragmatik xatolar – tahlil qilingan. Shuningdek, "yes" soʻzining "forks" deb tarjima qilinishi kabi qiziqarli lingvistik hodisalar oʻrganilgan. Maqola yakunida mashina tarjimasidan foydalanishda yoʻl qoʻyiladigan xatolarni kamaytirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.



