遇见数据集

"NUTQ", "MULOQOT", "DISKURS", "KONTEKST" VA "KOMMUNIKATIV STRATEGIYA" TUSHUNCHALARI VA ULARNING O'ZARO BOG'LIQLIGI

收藏
Zenodo2026-05-25 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Zamonaviy tilshunoslikda nutq tushunchasi til tizimining real kommunikativ jarayonda amalga oshirilishi sifatida talqin qilinadi. Nutq til birliklarining individual ong orqali tanlanishi va muayyan vaziyatda qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan dinamik hodisadir. Shu jihatdan nutq tilga nisbatan harakatchan, vaziyatga bog‘liq va shaxsiy xarakterga ega bo‘ladi. Til esa ijtimoiy tabiatli, nisbatan barqaror va umumiy belgilar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Til va nutqni farqlash masalasi jahon tilshunosligida muhim nazariy muammo sifatida qaralib kelgan. Til ijtimoiy belgilardan tashkil topgan tizim, nutq esa ushbu tizimning individual qo‘llanilishi sifatida izohlanadi. Nutq individual va psixik hodisa, til esa sotsial va nisbatan statik tizim sifatida talqin qiladi. Demak, nutq muloqot jarayonida shaxsning faol ishtirokini aks ettiruvchi asosiy birlik hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-25
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务