遇见数据集

DEPRESSIV HOLATLARNI DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKA QILISH

收藏
Zenodo2026-02-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada depressiv holatlarning psixologik va klinik xususiyatlari, ularning boshqa affektiv va nevrotik buzilishlardan farqlovchi jihatlari hamda differensial diagnostika masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy jamiyatda depressiv holatlarning keng tarqalishi, ularning klinik ko‘rinishlarining xilma-xilligi va noto‘g‘ri diagnostika oqibatida samarali psixologik va psixoterapevtik yordam ko‘rsatishning murakkablashuvi bilan izohlanadi. Maqolada depressiv holatlarning asosiy klinik-psixologik belgilari, ularni tashvishli buzilishlar, asteniya, stressga bog‘liq holatlar hamda shaxsiy buzilishlardan farqlash mezonlari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan yoritilgan. Differensial diagnostika jarayonida qo‘llaniladigan psixodiagnostik metodlar, jumladan, klinik suhbat, standartlashtirilgan testlar va kuzatish usullarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. O‘tkazilgan empirik tadqiqot natijalari depressiv holatlarning strukturaviy belgilarini aniqlash va ularni aniq differensial baholash psixologik yordam samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari klinik psixologiya, psixodiagnostika va psixologik maslahat amaliyotida foydalanish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务