遇见数据集

UNIVERSITETLARDA YARATILGAN INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI TIJORATLASHTIRISHNING SAMARALI MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-07-23 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada universitetlarda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini iqtisodiyotning real sektoriga samarali joriy etish va tijoratlashtirishning zamonaviy mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Universitetlarning ilmiy salohiyati innovatsion iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biri sifatida baholanib, ilmiy ishlanmalarni bozorga olib chiqish jarayonida texnologiya transferi ofislari (TTO), patentlarni litsenziyalash, spin-off kompaniyalar, startaplar, venchur moliyalashtirish hamda sanoat hamkorligi kabi mexanizmlarning oʻrni ochib berilgan. Tadqiqotda AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, Oʻzbekistonda universitetlarda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish tizimining amaldagi holati baholangan. Mavjud institutsional va tashkiliy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务