遇见数据集

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY MASALALARNI YECHISH JARAYONIDA MATEMATIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH.

收藏
Zenodo2026-03-23 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini rivojlantirishda mantiqiy masalalarning o‘rni va ahamiyati keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, mantiqiy masalalarning o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishdagi roli, ularning mustaqil va ongli fikrlashini shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari yoritib beriladi. Maqolada mantiqiy masalalar orqali o‘quvchilarda tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, muhim va ikkinchi darajali belgilarni ajratish hamda mantiqiy xulosa chiqarish kabi fikrlash amallarini rivojlantirish mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, mantiqiy masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarda muammoli vaziyatlarni anglash, ularni hal etish yo‘llarini izlash, turli yechim variantlarini solishtirish va eng maqbulini tanlash ko‘nikmalari shakllanishi ta’kidlanadi. Maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy masalalardan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham keltirilgan. Bundan tashqari, mantiqiy masalalar o‘quvchilarning ijodiy yondashuvini rivojlantirish, ularni faollikka undash va dars jarayoniga qiziqishini oshirishda muhim pedagogik vosita ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务