O'TA XAVFLI INFEKSIYALAR QO'ZG'ATUVCHILARI: KUYDIRGI, O'LAT QO'ZG'ATUVCHILARINING XARAKTERISTIKASI VA LABORATORIYA TASHXISI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada o‘ta xavfli infeksiyalar sirasiga kiruvchi kuydirgi (Bacillus anthracis) va o‘lat (Yersinia pestis) qo‘zg‘atuvchilarining biologik xususiyatlari, epidemiologik ahamiyati hamda laboratoriya diagnostika usullari yoritilgan. Mazkur infeksiyalar zoonoz tabiatga ega bo‘lib, inson salomatligi uchun yuqori darajadagi xavf tug‘diradi va tez tarqalish xususiyati bilan ajralib turadi. Maqolada qo‘zg‘atuvchilarning morfologik va patogenlik xususiyatlari, organizmga kirish yo‘llari hamda kasallik rivojlanish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy laboratoriya usullari, jumladan mikroskopik, bakteriologik, serologik va molekulyar-genetik diagnostika imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu infeksiyalarni erta aniqlash va ularni samarali nazorat qilishning ilmiy asoslarini yoritishdan iborat. Maqola natijalari o‘ta xavfli infeksiyalarni oldini olish va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.



