"ONLAYN TA'LIM SHAROITIDA DIQQAT VA XOTIRANING PASAYISH SABABLARI"
收藏资源简介:
Ushbu maqola onlayn ta’lim jarayonida talabalar va o‘quvchilarda diqqat va xotira funksiyalarining pasayish sabablari va mexanizmlarini psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladi. So‘nggi yillarda masofaviy o‘qitishning keng tarqalishi natijasida diqqatni jamlash qobiliyati va xotira samaradorligida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Maqolada onlayn ta’limning shaxsiy, ijtimoiy va texnologik omillarga bog‘liq salbiy ta’sirlari, shu jumladan uzluksiz ekran qarshisida vaqt o‘tkazish, multitasking holati, motivatsiyaning pasayishi va kognitiv yukning ortishi kabi sabablar ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, maqolada diqqat va xotirani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan pedagogik va psixologik tavsiyalar ham taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari onlayn ta’lim jarayonida o‘quv jarayonini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



