KRANIOTSEREBRAL JAROHATLARDAN KEYINGI BAKTERIAL MENINGIT: MIKROBIOLOGIK DIAGNOSTIKA VA ZAMONAVIY DAVOLASH
收藏资源简介:
Kraniotserebral jarohatlardan keyingi bakterial meningit markaziy asab tizimining og‘ir va hayot uchun xavfli asoratlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada travmadan keyingi bakterial meningitning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari hamda zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullari yoritilgan. Ayniqsa, orqa miya suyuqligini bakteriologik tekshirish, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR), antibiotiklarga sezgirlikni aniqlash kabi usullarning diagnostik ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, empirik va maqsadli antibakterial terapiya, intensiv davolash tamoyillari hamda kasallikning asoratlarini kamaytirish yo‘llari tahlil qilingan. Erta tashxis qo‘yish va zamonaviy davolash usullarini qo‘llash bemorlarning yashab qolish darajasi hamda nevrologik prognozini yaxshilashi ta’kidlangan.



