BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI MA'NAVIY-MA'RIFIY FAOLIYATGA TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI (SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK QARASHLARI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari misolida tadqiq etiladi. Muallif bunday tayyorgarlikni talabaning kasbiy bilimlari bilan cheklanmaydigan, uning axloqiy qarashlari, ijtimoiy faolligi, qadriyatlarga munosabati va tarbiyaviy jarayonni tashkil eta olish ko'nikmalari bilan belgilanadigan yaxlit jarayon sifatida asoslaydi. Sharq merosidagi inson kamoloti, odob-axloq, ustoz-shogird munosabati va komil inson tarbiyasiga oid g'oyalarning zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv bilan uzviy bog'liqligi ko'rsatiladi. Maqolada shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning mazmuni ochib berilib, talabaning tayyor bilim qabul qiluvchi obyektdan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni loyihalaydigan faol subyektga aylanishi tamoyillari bayon etiladi. Shuningdek, ta'lim texnologiyasining o'qituvchi va talaba hamkorligiga asoslangan talqini asosida tayyorgarlik texnologiyasining mohiyati asoslanadi.



