TURIZM INDUSTRIYASIDA RAQAMLI NEYROMARKETING VOSITALARINING ISTE'MOLCHI XULQ-ATVORI MODELLARIGA TRANSFORMATSION TA'SIRI VA BIZNES SAMARADORLIK AUDITI
收藏资源简介:
Maqolada global raqamli transformatsiya sharoitida turizm industriyasida raqamli neyromarketing vositalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi elektron marketing instrumentlarining iste’molchi xulq-atvori modellariga ko’rsatadigan transformatsion ta’sirini aniqlash va turizm subyektlarining biznes samaradorligini audit qilish metodologiyasini takomillashtirishdan iborat. Ishda tizimli tahlil, komparativistik baholash hamda iste’molchilarning hissiy va kognitiv reaksiyalarini modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida neyromarketing elementlarining sayyohlar tomonidan qaror qabul qilish zanjiriga ta’siri asoslab berilgan hamda raqamli marketing xarajatlarining rentabelligini (ROI) baholash bo’yicha mualliflik yondashuvi ishlab chiqilgan. Maqoladan turizm korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirish va raqamli strategiyalarni shakllantirishda foydalanish mumkin.



