遇见数据集

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA RAQAMLI PRAGMATIK STRATEGIYALARNING TARJIMADAGI FUNKSIONAL ASPEKTI

收藏
Zenodo2026-03-28 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan raqamli pragmatik strategiyalarning tarjima jarayonidagi funksional jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli kommunikatsiya muhitida yuzaga keladigan pragmatik birliklar, ularning ma’no ifodalashdagi o‘rni hamda tarjimada yuzaga keladigan semantik va pragmatik o‘zgarishlar o‘rganiladi. Shuningdek, internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli platformalarda qo‘llaniladigan til birliklari hamda ularning kontekstga mos ravishda tarjima qilinish jarayoni qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamli diskurs namunalaridan foydalanilib, pragmatik strategiyalarning funksional xususiyatlari hamda ularning tarjimada ekvivalentlikni ta’minlashdagi ahamiyati aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli muhitda shakllangan til birliklarini tarjima qilish jarayonida faqatgina leksik moslik emas, balki kommunikativ maqsad, kontekst va madaniy omillarni ham hisobga olish muhim hisoblanadi. Mazkur tadqiqot natijalari raqamli pragmatika va tarjimashunoslik yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni boyitishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务