BOʻLAJAK HARBIY TA'LIM MUTAXASSISLARINING KASBIY-AMALIYJISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bo‘lajak harbiy ta’lim mutaxassislarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini (KAJT) zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida harbiy xizmatchilarda o‘zgaruvchan sharoitlarda qaror qabul qilish va jismoniy chidamlilikni uyg‘unlashtirish muammolari qamrab olindi. Empirik ma’lumotlar asosida KAJT darajasini oshiruvchi pedagogik model ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy jismoniy mashg‘ulotlar tizimiga situativ simulyatsiya va psixofizik yuklamalarni kiritish kursantlarning professional ko‘rsatkichlarini 18-22 foizga yaxshilashga xizmat qiladi. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga tavsiya etiladi.



