BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TIMSS TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturi topshiriqlaridan foydalanishning pedagogik asoslari, metodik imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning matematik va tabiiy fanlar bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. TIMSS topshiriqlarini dars jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etishi, tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, xalqaro baholash mezonlariga mos topshiriqlarni tanlash, ularni milliy o‘quv dasturi bilan uyg‘unlashtirish hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.



