遇见数据集

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SHAXSIY MUNOSABATNI IFODALOVCHI IBORALARNING QIYOSIY SEMANTIK-PRAGMATIK TIPOLOGIYASI HAMDA ULARNING MASHINA TARJIMASI PLATFORMALARIDA QO'LLANISHI

收藏
Zenodo2026-09-30 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida shaxsiy munosabatni ifodalovchi iboralarning semantik-pragmatik tabiatini qiyosiy tahlil qilishga hamda ularning zamonaviy mashina tarjimasi platformalarida qay darajada to‘g‘ri aks ettirilishini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda baholash, emotsional reaksiya, rozilik-norozilik, ehtiyotkorlik, ishonch, shubha, kinoya, yumshatish va kuchaytirish kabi pragmatik ma’nolarni ifodalovchi birliklar funksional guruhlarga ajratildi. Ingliz tilidagi stance markers, hedges, boosters, evaluative constructions va politeness formulalari o‘zbek tilidagi modal birliklar, baholovchi iboralar, hurmat shakllari, yuklamalar hamda kontekstga bog‘liq pragmatik vositalar bilan qiyoslandi. Mashina tarjimasi nuqtayi nazaridan esa literal ekvivalentlik, pragmatik ekvivalentlik, registr, hurmat darajasi, yashirin baho va kontekstual ma’no o‘rtasidagi tafovutlar ko‘rsatildi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda neyron mashina tarjimasi leksik mazmunni saqlasa-da, shaxsiy munosabatning kuchi, odob darajasi, implikatura va madaniy-pragmatik yuklama to‘liq uzatilmaydi. Shu sababli mashina tarjimasi tizimlarini takomillashtirishda pragmatik annotatsiya, kontekst oynasini kengaytirish va madaniy moslashtirish komponentlaridan foydalanish zarur.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务