AHOLI VA XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING BO'SH PUL MABLAG'LARINI BANK OMONATLARI VA DEPOZITLARIGA JALB ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada aholi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklari omonatlari va depozitlariga jalb etishning nazariy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda depozit munosabatlarining iqtisodiy mohiyati, ularning bank resurs bazasini shakllantirishdagi ahamiyati hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, omonat va depozit operatsiyalarini tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi mexanizmlar ilmiy yondashuv asosida o‘rganilgan. Maqolada aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, depozit jozibadorligini oshirish hamda resurslarni iqtisodiyotga samarali yo‘naltirish bilan bog‘liq mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari bank resurslarini kengaytirish, moliyaviy vositachilik samaradorligini oshirish va iqtisodiyotda investitsion faollikni rag‘batlantirish nuqtayi nazaridan amaliy ahamiyat kasb etadi.



