BADIIY TARJIMADA SUKUT VA YASHIRIN MA'NOLARNI YETKAZISH MUAMMOSI
收藏资源简介:
Badiiy tarjima tilshunoslik va adabiyotshunoslik kesishgan murakkab ilmiy soha bo‘lib, unda nafaqat matnning yuzaki mazmuni, balki uning chuqur qatlamlari – subtekst, konnotatsiya va yashirin ma’nolarni ham to‘g‘ri yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, “sukut” fenomeni, ya’ni muallif tomonidan bevosita ifodalanmagan, lekin kontekst orqali anglashiladigan ma’nolarni tarjima qilish jarayoni tarjimon oldida murakkab vazifalarni qo‘yadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, badiiy matn bir nechta semantik qatlamlardan iborat bo‘lib, ular orasida subtekst va kontekst alohida o‘rin tutadi . Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi badiiy tarjimada sukut va yashirin ma’nolarni yetkazish muammolarini aniqlash hamda ularni tarjimada ifodalash strategiyalarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-tahliliy metod, kontekstual tahlil va interpretativ yondashuvlardan foydalanildi. Nazariy asos sifatida zamonaviy tarjimashunoslikda subtekst, pragmatik ma’no va estetik ta’sir tushunchalariga oid ilmiy qarashlar o‘rganildi.



