遇见数据集

KICHIK BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI RAQAMLASHTIRISH MUAMMOLARI

收藏
Zenodo2026-10-31 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida kichik biznesda buxgalteriya hisobini raqamlashtirish operatsion samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni ta'minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bu jarayon moliyaviy cheklovlar, texnik infratuzilmaning yetishmasligi, kadrlar malakasining pastligi, axborot xavfsizligi xavflari hamda amaldagi qonunchilikka moslashish zaruriyati kabi jiddiy muammolar bilan bog'liq. Ushbu tadqiqot kichik biznesda buxgalteriya hisobini raqamlashtirish muammolarini tahlil qilishni maqsad qilgan. Tadqiqot tizimli adabiyot sharhi metodologiyasiga asoslanib, 2020-2024 yillar oralig'ida chop etilgan ilmiy maqolalarni Google Scholar, Scopus, Web of Science kabi xalqaro hamda O'zbekistonning ilmiy platformalaridan tahlil qildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, asosiy muammolar moliyaviy (dastlabki investitsiyalar va tizimlarni saqlash xarajatlari), texnik (zamonaviy IT infratuzilmasi yetishmasligi, mavjud tizimlarni integratsiya qilishdagi murakkabliklar) va kadrlar bilan bog'liq (raqamli ko'nikmalar yetishmasligi, o'zgarishlarga qarshilik) bo'lib, masalan, kichik va o'rta korxonalarning 60% dan ortig'i texnik infratuzilma yetishmasligini asosiy muammo deb hisoblaydi. Xulosa qilib aytganda, ushbu to'siqlar raqamli transformatsiyaning to'liq salohiyatini ro'yobga chiqarishga to'sqinlik qiladi va ularni hal qilish kichik biznesning barqaror rivojlanishi uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务