TOG' YONBAG'IRLARIDA BOG'DORCHILIK-UZUMCHILIK XO'JALIKLARI HUDUDINI TASHKIL ETISHNING USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH (NAMANGAN VILOYATI YANGIQO'RG'ON TUMANI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Mazkur tezisda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani misolida tog‘ va tog‘oldi hududlarida bog‘dorchilik-uzumchilik xo‘jaliklari hududini tashkil etishning uslubiy asoslarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Yangiqo‘rg‘on tumanining bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashuvi, mavjud bog‘ va tokzorlar, yer resurslaridan foydalanish holati hamda 2025–2026-yillarda intensiv bog‘larni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan. Hududni tashkil etishda relyef, balandlik, nishablik, tuproq, suv ta’minoti va eroziya xavfini kompleks baholash hamda geoinformatsion texnologiyalardan foydalanish taklif etilgan. Natijada tog‘ yonbag‘irlarida bog‘ va tokzorlarni maqbul joylashtirish, yer resurslaridan samarali foydalanish va hududning ekologik barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan.



