遇见数据集

MIGREN PATOGENEZI

收藏
Zenodo2026-02-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Migren nevrologik kasalliklar orasida eng ko‘p uchraydigan birlamchi bosh og‘riqlaridan biri bo‘lib, qaytalanuvchi va kuchli og‘riq xurujlari bilan tavsiflanadi hamda bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar migrenni murakkab va ko‘p omilli neyrovaskulyar kasallik sifatida tavsiflaydi. Kasallik patogenezida markaziy va periferik nerv tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, trigemino-vaskulyar tizim faollashuvi, neyromediatorlar muvozanatining buzilishi, kortikal tarqaluvchi depressiya va genetik moyillik muhim rol o‘ynaydi. Migren xurujlari rivojlanishida serotonin va kalsitonin geniga bog‘liq peptid kabi biologik faol moddalarning ta’siri alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular miya qon tomirlarining tonusi va og‘riq impulslarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada migren patogenezining asosiy mexanizmlari zamonaviy ilmiy manbalar asosida tizimli ravishda tahlil qilinadi hamda kasallikning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy patogenetik bo‘g‘inlar yoritiladi. Migren patogenezini chuqur o‘rganish samarali davolash va individual profilaktika choralarini ishlab chiqishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务