遇见数据集

TA'LIMDA MENEJMENT VA MARKETING YONDASHUVI

收藏
Zenodo2026-10-31 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida menejment va marketing yondashuvlaridan foydalanishning dolzarbligi, nazariy asoslari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishdagi ahamiyati keng yoritilgan. Ta’lim xizmatlari bozorining rivojlanishi, globallashuv jarayonlari va raqobat muhitining kuchayishi sharoitida ta’lim muassasalarini boshqarishning an’anaviy usullarini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan. Mazkur maqolaning maqsadi ta’limda menejment va marketing yondashuvlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, ularning o‘zaro bog‘liqligini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda ta’lim muassasalari boshqaruvi samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Maqolada mahalliy, MDH va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganilgan. Ushbu maqolada jarayonida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va tizimlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Ta’lim menejmentining strategik rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va qaror qabul qilish kabi funksiyalari marketing yondashuvlari bilan uzviy aloqadorlikda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ta’lim xizmatlari iste’molchilarining ehtiyojlarini o‘rganish, ta’lim muassasasining ijobiy imijini shakllantirish, pedagogik jamoa salohiyatini rivojlantirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va ta’lim sifatini uzluksiz takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务