MOODLE PLATFORMASINING IQTISODIY TA'LIMDAGI AFZALLIKLARI
收藏资源简介:
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Moodle platformasining iqtisodiy ta’lim tizimidagi o‘rni va afzalliklari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Moodle platformasi ochiq kodli masofaviy ta’lim tizimi sifatida iqtisodiy fanlarni o‘qitishda keng qo‘llanilib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalar bilimini nazorat qilish va mustaqil ta’limni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. Maqolada Moodle platformasining iqtisodiy ta’limdagi didaktik imkoniyatlari, elektron kurslarni tashkil etishdagi qulayliklari, interaktiv ta’lim vositalari hamda avtomatlashtirilgan baholash tizimlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, platforma yordamida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish, talabalar faolligini oshirish va masofaviy ta’lim samaradorligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Moodle platformasi iqtisodiy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish va zamonaviy iqtisodiyot uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.



