遇见数据集

AYOLLARDA CHOV CHURRASINI XIRURGIK DAVOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-04-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu adabiyotlar sharhi ayollarda chov churrasini (inguinal hernia) xirurgik davolashni takomillashtirishning zamonaviy jihatlariga bag'ishlangan. Chov churrasi erkaklarda ko'proq uchrasa-da, ayollardagi klinik kechishi, diagnostik qiyinchiliklari va xirurgik yondashuvning o'ziga xosligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Coelho va hamkasblari (2021) tadqiqotida 254 ayol bemorning 17.4% ida son churrasi (femoral hernia) aniqlangan, bu laparoskopik yondashuvning diagnostik afzalligini tasdiqlaydi. Koch va hamkasblari (2005) 6895 ayol bemorni o'rganib, ochiq operatsiyadan keyingi retsidivlarning 10 barobar ko'pi son churrasi sifatida namoyon bo'lishini ko'rsatgan. Mazkur sharhda ochiq (Lichtenstein, Shouldice) va laparoskopik (TAPP, TEP, SIL-TAPP) usullarning qiyosiy tahlili, shuningdek, robotik xirurgiyaning o'rni ko'rib chiqiladi. Cochrane sharhi (2024) ma'lumotlariga ko'ra, TAPP da retsidiv 1.2%, TEPda 1.1% ni tashkil etadi. Surunkali og'riq (CPIP) muammosi, retsidivlarning oldini olish strategiyalari va zamonaviy innovatsiyalar tahlil qilingan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务