遇见数据集

O'zbekistonda aholi daromadlarining o'zgarishini statistik tahlil qilish

收藏
Zenodo2026-10-30 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, aholi daromadlarining dinamikasi va tarkibiy o‘zgarishlari mamlakat rivojlanishining muhim ko‘rsatkichidir. Biroq, hududlar kesimida daromadlar taqsimotidagi sezilarli tafovutlar ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni keltirib chiqarmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aholi daromadlarining dinamikasi, tarkibiy o‘zgarishlari va hududiy tafovutlarini statistik tahlil qilishdan iborat. Maqolada 2020-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davrdagi mavjud ilmiy adabiyotlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlari tizimli ko‘rib chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2025-yilda aholining umumiy daromadlari 1 134,3 trillion so‘mni tashkil etib, real o‘sish sur’ati 109,2 foizga yetgan, aholi jon boshiga o‘rtacha daromad esa 29,9 million so‘m bo‘lgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (60,4%) va xorijdan pul o‘tkazmalari (21%) daromadlar tarkibida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, 2025-yilda Toshkent shahrida aholi jon boshiga daromad 73,9 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 20,6 million so‘mga teng bo‘lib, hududiy tafovutlar saqlanib qolmoqda. Ushbu natijalar aholi daromadlari dinamikasini tushunish va hududiy tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha samarali siyosat ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务