O'ZBEKISTONDA EKOLOGIK INVESTITSIYALAR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida ekologik yo‘naltirilgan investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishning istiqbolli jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda xorijiy tajriba, jumladan OECD davlatlarida o‘tkazilgan empirik tadqiqotlar natijalari hamda Yevropa Ittifoqi va Xitoyning yashil transformatsiya bo‘yicha siyosati misolida energetika sohasiga qilinadigan ilmiy-tadqiqot xarajatlarining barqaror rivojlanishga qanday ta‘sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qayta tiklanuvchi energetika loyihalari (Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi quyosh va shamol elektr stansiyalari), milliy huquqiy baza (PQ-436-son qaror), yashil moliya tizimining shakllanish jarayoni va raqamlashtirishning ekologik samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida moliyaviy cheklovlar, milliy yashil taksonomiyaning mavjud emasligi va monitoring-hisobot-tekshirish (MRV) mexanizmining yetarlicha rivojlanmaganligi asosiy muammolar sifatida belgilandi. Ushbu natijalar asosida milliy yashil taksonomiyani shakllantirish, texnologik hamkorlikni kengaytirish va yashil moliya manbalarini ko‘paytirish yuzasidan amaliy takliflar ilgari surilgan.



