HUDUDIY IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH LOYIHALARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA "SMART HUDUD" INTELLEKTUAL MODELINING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy va raqamli mexanizmlari tadqiq etilgan. Toshkent shahrining 2025-yil yanvar–sentabr oylaridagi investitsiyaviy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, Yakkasaroy tumani misolida hududiy rivojlanishning institutsional xususiyatlari baholangan. Tadqiqotda iqtisodiy-statistik, qiyosiy tahlil, ko‘p mezonli baholash va ssenariyli modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Hududiy loyihalarni tanlash, ustuvorlashtirish, monitoring qilish va resurslarni taqsimlash jarayonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan “SMART HUDUD” intellektual boshqaruv modeli taklif etilgan. Modelning hisoblash imkoniyatlari shartli loyihalar asosida yoritilib, uni amaliyotga joriy etishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.



