HOMILADOR AYOLLARDA VITAMIN D YETISHMOVCHILIGI, UNING ASORATLARI HAMDA TAHLILLARI
收藏资源简介:
Vitamin D tanqisligi butun dunyo bo'ylab, ayniqsa homilador ayollar orasida keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda vitamin D yetishmasligining homiladorlik davridagi salbiy oqibatlari (preeklampsiya, gestatsion diabet, erta tug'ish, homilaning kam vaznli) va ularning oldini olish usullari o'rganildi. Retrospektiv tadqiqot usuli yordamida 300 nafar homilador ayolning vitamin D darajasi, ovqatlanish odatlari va homiladorlik natijalari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, vitamin D tanqisligi bo'lgan ayollarda asoratlar 2-3 baravar ko'p kuzatilgan (p<0,01). Homiladorlikdan oldin va homiladorlik davrida vitamin D miqdorini nazorat qilish, ovqatlanishni optimallashtirish va profilaktik maqsadda vitamin D qabul qilish tavsiya etish bilan xulosalandi. Kalit so'zlar: Vitamin D, homiladorlik, erta tug'ish, suyak metabolizmi, immunitet, asoratlar.



