LEKSIKOGRAFIYANING NAZARIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY ELEKTRON LUG'ATLAR TUZISH TAMOYILLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada leksikografiyaning nazariy asoslari, uning zamonaviy tilshunoslik tizimidagi o‘rni hamda elektron lug‘atlarni yaratishning lingvistik va texnologik tamoyillari yoritiladi. Leksikografik nazariyaning asosiy tushunchalari, lug‘at tuzish bosqichlari, lug‘at maqolasining tarkibiy tuzilishi va leksik birliklarni izohlash mezonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, an’anaviy bosma lug‘atlardan elektron lug‘atlarga o‘tish jarayonida yuzaga kelayotgan imkoniyatlar va muammolar ko‘rib chiqiladi. Elektron lug‘atlarni shakllantirishda so‘z tanlash, ma’nolarni farqlash, grammatik va uslubiy belgilarni ko‘rsatish, korpus ma’lumotlaridan foydalanish, qidiruv tizimini takomillashtirish hamda ma’lumotlarning muntazam yangilanishi muhim omillar sifatida belgilanadi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tahliliy, tizimli va komponent tahlil usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.



