TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI: G'ARBIY NAZARIYALAR, SHARQONA AN'ANALAR VA MILLIY TAJRIBA SINTEZI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasining uchta asosiy manbai – g‘arbiy ilmiy nazariyalar, sharqona falsafiy an'analar va O‘zbekistonning milliy pedagogik tajribasi – qiyosiy tahlil qilingan hamda ularning sintezi asosida integrativ model taklif etilgan. Tadqiqotda Sokrat, Dyui, Blum nazariyalari g‘arbiy yondashuvlar sifatida, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy ta'limotlari sharqona an'analar sifatida, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va zamonaviy o‘zbek pedagoglarining merossi milliy tajriba sifatida o‘rganilgan. Maqolada taklif etilgan "Uch qanotli model" tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning nazariy-amaliy asoslarini boyitishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari pedagogika fani va ta'lim amaliyoti uchun ilmiy-metodologik ahamiyatga ega.



