YOSH FUTBOLCHILARDA NEYROMOTOR TAYYORGARLIK ASOSIDA HARAKAT KOORDINATSIYASINI OPTIMALLASHTIRISH METODIKASI
收藏官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada 10 yoshli futbolchilarning harakat koordinatsiyasini neyromotor optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi kognitiv yuklamali mashqlar yordamida yosh sportchilarning asab-mushak tizimi samaradorligini oshirishdan iborat. Metodologiya sifatida “Witty” va “BlazePod” tizimlari yordamida instrumental o‘lchovlar hamda parallel guruhlarda pedagogik tajriba o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhida vizual-motorik reaksiya vaqti 21,2% ga qisqardi va harakat aniqligi indeksi 43,5% ga ortdi. Xulosa sifatida neyromotor mashqlarni o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga integratsiya qilish yosh futbolchilarning texnik-koordinatsion mahoratini oshirishda asosiy omil ekanligi asoslangan.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-05-15



