ITALYAN TILI GRAMMATIKASIDA OTLARDA SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR VA ULARNING ISHLATILINISHI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqola italyan tili grammatikasida otlarda so‘z yasovchi qo‘shimchalarning turlari, ularning morfologik va semantik xususiyatlari hamda nutqda qo‘llanilish imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida italyan tilida faol qo‘llaniladigan so‘z yasovchi suffiks va prefikslar tizimli ravishda o‘rganilib, ularning yangi leksik birliklar hosil qilishdagi funksional roli yoritildi. Shuningdek, qo‘shimchalarning ma’no o‘zgarishiga ta’siri, uslubiy vazifalari hamda kontekstual qo‘llanilishi ilmiy misollar asosida ko‘rsatib berildi. Tadqiqotda tavsifiy, morfologik va qiyosiy-tahliliy metodlardan foydalanilib, italyan tilidagi so‘z yasalishi jarayoni boshqa roman tillari bilan qiyoslandi. Olingan natijalar italyan tilini o‘rganayotgan talabalar, o‘qituvchilar hamda tilshunoslik sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.



