BOLALARDA YO'G'ON ICHAKNING UZAYISHI VA FIKSATSIYA BUZILISHIDA GISTOMORFOLOGIK O'ZGARISHLARNING KLINIK AHAMIYATI
收藏资源简介:
Bolalarda yo‘g‘on ichakning uzayishi va fiksatsiya buzilishi bilan kechuvchi holatlar bolalar jarrohligida murakkab va dolzarb muammolardan biri hisoblanadi [2,4,6]. Ushbu patologiyalar ichak motorikasining buzilishi, surunkali ich qotishi va kolostaz bilan namoyon bo‘lib, ko‘pincha uzoq vaqt davomida funksional buzilishlar sifatida baholanadi [2,9]. Biroq klinik belgilar ortida ichak devorida kechayotgan chuqur morfologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, ular kasallikning og‘irlashuvi va davolash taktikasini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi [5,7]. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yo‘g‘on ichakning uzayishi va fiksatsiya buzilishida faqat funksional emas, balki aniq gistologik va mikrosirkulyator o‘zgarishlar rivojlanishini ko‘rsatmoqda [5,7]. Ushbu o‘zgarishlar klinik belgilarining davomiyligi, konservativ davolashga javob bermaslik va asoratlar rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir [6,8]. Shu sababli yo‘g‘on ichak devorida yuzaga keladigan gistomorfologik o‘zgarishlarning klinik ahamiyatini o‘rganish dolzarb hisoblanadi [4,5].



