ОLTIARIQ TUMANI IQTISODIYOTIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH MEXАNIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy ish Oltiariq tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb etishning hozirgi holati, mavjud muammolari va takomillashtirish mexanizmlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda hududning qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish va logistika sohalaridagi salohiyati yoritilib, infratuzilma yetishmovchiligi, byurokratik to‘siqlar, energiya ta’minotidagi uzilishlar investitsion jozibadorlikka salbiy ta’sir qilayotgani ko‘rsatib berilgan. Bu yozilgan maqola xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish uchun “bir darcha” tizimini joriy etish, soliq va bojxona imtiyozlarini soddalashtirish, raqamli kadastr bazasini yaratish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, kadrlar tayyorlash va investitsion targ‘ibotni kuchaytirish kabi mexanizmlarni taklif qiladi. Takomillashtirilgan choralar natijasida investitsiyalar hajmini 1–1.5 baravar oshirish, 300-400 atrofida yangi ish o‘rni yaratish, hosildorlikni 15–20 foizga ko‘tarish va eksportni sezilarli kengaytirish mumkinligi xulosa qilingan.



