遇见数据集

CHIZIQLI INTEGRAL TENGLAMALARNI YECHISH USULLARI TARIXI HAQIDA

收藏
Zenodo2026-01-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Funksional analiz fani XX asrning boshlarida matematik analiz, algebra, geometriya fanlaridagi tushuncha va metodlarni cheksiz oʻlchamli fazolar uchun umumlashtirish natijasida paydo boʻlib, hozirgi zamon matematikasining eng ahamiyatli boʻlimlarining biri hisoblanadi. Hozirgi kunda funksional analizning gʻoya, konsepsiya, usul va tushunchalari matematikaning barcha sohalari tomonidan tan olingan. Soʻnggi yillarda differensial tenglamalar, hisoblash usullari, matematik dasturlashning talab va ehtiyojlariga javoban funksional analizning yangi chiziqli boʻlmagan tarmogʻi paydo boʻldi. Zamonaviy matematikaning bu yoʻnalishi amaliyotchilar va muhandislarning oʻsib kelayotgan ehtiyojlarining bir qismini qondiradi. Bu fanning paydo boʻlish va rivojlanishi dunyoga taniqli olimlar boʻlgan D.Gilbert, F.Riss, S.Banax, M.Freshe, A.N.Kolmogorov, S.L.Sobolev, A.N.Tixonov, S.M.Nikolskiy kabilarning nomlari bilan bogʻliq.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务