QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA OVOZ VA SUKUT DIALEKTIKASI: JAHON VA O'ZBEK NASRI KESISHMASI
收藏资源简介:
Annotatsiya.Ushbu tezis qiyosiy adabiyotshunoslikda ovoz va sukut dialektikasi muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda jahon narratologiyasining yetakchi vakillari — Gerar Jenett, Mike Bal, Shlomit Rimmon-Kenan, Gayatri Spivak va Syuzan Lanser qarashlari tanlab olingan o‘zbek va jahon nasriy asarlari misolida sinovdan o‘tkaziladi hamda ular asosida yangi integrativ metodologik yondashuv taklif etiladi. Bunda ovoz tushunchasi endi faqat “kim so‘zlaydi?” degan an’anaviy savol doirasida emas, balki kimning ovozi eshitiladi, kimniki eshitilmaydi va bunga nima sabab bo‘lishi kabi kengroq savollar asosida talqin qilinadi. Tahlil davomida tanlangan asarlarda ovoz va sukutning uchta o‘ziga xos dialektik modeli aniqlanib, ular jahon adabiyotidan olingan namunalar bilan qiyoslab ko‘riladi.



