O'ZBEKISTONDA YETISHTIRILADIGAN KISHMISHBOP UZUM NAVLARINING AGROBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA QURITISHGA YAROQLILIGINI BAHOLASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida yetishtiriladigan kishmishbop uzum navlarining agrobiologik xususiyatlari, hosildorlik salohiyati hamda quritishga texnologik yaroqliligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda Kishmish Sogdiana, Kishmish Terakli, Kishmish Beliy, Ak kishmish, Qora kishmish va boshqa urug‘siz navlarning hosildorligi, rezavorlarning texnologik xususiyatlari, quritish davomiyligi va tayyor mayiz chiqishi kabi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonning uzum yetishtirish hajmi 2010-yildagi 979,3 ming tonnadan 2024-yilda 1843,2 ming tonnagacha oshgani, ya’ni qariyb 88,2 % ga ko‘paygani aniqlandi. Kishmish Sogdiana, Kishmish Terakli va Kishmish Beliy navlarining hosildorligi mos ravishda 22,5; 18,6 va 20,5 t/ga bo‘lgan. Ushbu uch nav bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik 20,53 t/ga, variatsiya koeffitsiyenti esa 9,50 % ni tashkil qilgan. Zamonaviy adabiyotlar oldindan ishlov berish, infraqizil, konvektiv, vakuum va kombinatsiyalangan quritish usullarini istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rsatmoqda.



