遇见数据集

BOLALARDA DOLZARB RESPIRATOR KASALLIKLAR: RSV-INFEKSIYA, BRONXIOLIT VA PNEVMONIYANING ZAMONAVIY DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan dolzarb respirator kasalliklar, xususan, respirator-sinsitial virus (RSV) infeksiyasi, bronxiolit va jamoada orttirilgan pnevmoniyaning zamonaviy diagnostikasi, davolash va profilaktikasi masalalari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda ushbu kasalliklarni aniqlashda molekulyar diagnostika, tezkor antigen testlari va o‘pka ultratovush tekshiruvining klinik ahamiyati ortib bormoqda. Maqolada RSV infeksiyasining klinik kechishi, bronxiolitning og‘irlik darajasini baholash, pnevmoniyani differensial diagnostika qilish hamda davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi davolash, kislorod terapiyasi, antibiotiklardan oqilona foydalanish va RSV infeksiyasining oldini olishga qaratilgan zamonaviy profilaktik strategiyalar yoritilgan. Adabiyotlar tahlili asosida bolalarda respirator kasalliklarni boshqarishda klinik belgilarga asoslangan yondashuv, kasallik og‘irligini erta aniqlash va individual davolash strategiyasini tanlash muhimligi ko‘rsatib berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务