five

OʻZBEKISTONDA ISLOHOTLARNING YOSHLAR TAFAKKURIGA TA'SIRI

收藏
DataCite Commons2026-05-04 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20021013
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy islohotlarning yoshlar tafakkuriga koʻrsatayotgan ta'siri har tomonlama tahlil qilinadi. Xususan, ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, yoshlar bandligini ta'minlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlarining mazmun-mohiyati yoritiladi. Shuningdek, axborot makonining kengayishi va raqamli texnologiyalar taraqqiyoti natijasida yoshlarning dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va ijtimoiy faolligi qanday shakllanib borayotgani ochib beriladi. Maqolada yoshlarning tanqidiy va kreativ tafakkuri rivojlanishida erkin fikrlash muhitining ahamiyati alohida ta'kidlanadi. Bundan tashqari, islohotlar natijasida yoshlarning hayotga boʻlgan munosabati, kasbiy yoʻnalish tanlovi va jamiyatdagi oʻrni oʻzgarib borayotgani misollar asosida asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, olib borilayotgan islohotlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega shaxs sifatida shakllantirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务