O'ZBEK MAQOLLARIDA TA'LIM QADRIYATINING MILLIY-MENTAL XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek xalq maqollarida ta’lim qadriyatining milliy-mental xususiyatlari lingvomadaniy tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida “O‘zbek xalq maqollari” to‘plamidan uzluksiz saralash usuli bilan olingan 105 ta maqol o‘rganildi. Tahlil natijasida ta’lim qadriyati bilan bog‘liq beshta milliy-mental o‘zak — bilim-boylik, ustozga hurmat, sabr va mehnat, kitob-bilim manbai, avlodga meros — aniqlandi. O‘zbek maqollarida ta’lim qadriyatining oilaviy-avlodiy kontekst bilan uzviy bog‘liqligi, ustoz shaxsining otaning maqomiga ko‘tarilishi va bilimning diniy-axloqiy burch sifatida idrok etilishi xalqning kollektivistik mentaliteti, islomiy ta’lim an’analari va oilaviy qadriyatlar tizimi bilan izohlandi. Natijalar milliy mentalitetni lisoniy belgilar orqali o‘rganish, madaniyatlararo kommunikatsiya va tarbiyaviy-lingvodidaktik materiallar ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.



