遇见数据集

O'TKIR RESPIRATOR KASALLIK O'TKAZGAN HOMILADORLARDA GESTATSIYA DAVRINING XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2025-04-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

O‘tkir respirator virusli infektsiyalar insoniyat tarixida turli davrlarda dolzarb muammo bo‘lib kelgan. XXI asrda COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi ushbu infeksiyaning global sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatdi. Ushbu virus, ayniqsa, homilador ayollar uchun sezilarli xavf tug‘dirishi va homiladorlik jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi – o‘tkir respirator kasalliklarni o‘tkazgan homilador ayollarda gemostaz tizimi holatini baholash. Tadqiqot doirasida Samarqand viloyatidagi tug‘ruq majmuasiga gospitalizatsiya qilingan 49 nafar homilador ayol tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, homiladorlik trimestriga qarab bemorlarning umumiy holati, gospitalizatsiya sabablari, komorbid holatlar, laborator tahlillar (koagulogramma, qon ivish tizimi o‘zgarishlari) va tug‘ruq natijalari farqlanadi. Tadqiqotning ahamiyati shundaki, COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan homilador ayollarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan perinatal va neonatal asoratlarni chuqur o‘rganish zarurati mavjud. Ushbu mavzu bo‘yicha yanada kengroq tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi. Kalit so‘zlar: o’tkir respirator kasallik, homiladorlik, gemostaz, giperkoagulyatsiya, tromboz, neonatal pnevmoniya, COVID-19.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-04-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务