遇见数据集

OLQISH POETIKASINING BADIIY USLUBIY XUSUSIYATLARI VA XALQ ERTAKLARI BILAN TIPOLOGIK MUSHTARAKLIGI

收藏
Zenodo2026-09-24 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

. Maqolada olqishning folkloriy janr sifatidagi nazariy chegaralari, uning formulaviy tabiati hamda badiiy-uslubiy vositalari qiyosiy-tipologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning markaziy masalasi olqishni oddiy maqtov, salomlashuv, nasihat, duo va afsundan ajratish hamda uning ertak matnidagi poetik vazifasini belgilashdan iborat. Shu maqsadda emic va etic tasnif, illokutiv kuch mezoni, uslubiy-poetik hamda kontekstual-funksional tahlil birlashtiriladi. Yoqut, xakas, qorachoy-bolqor, qalmiq, lezgin, arman, ingliz va o‘zbek materiallari asosida formulaviylik, grammatik parallelizm va anafora, epitet, metafora, metonimiya, mubolag‘a, kumulyatsiya, tovush takrori, ramziy va diniy-mifologik obrazlilik yoritiladi. Tahlil olqish va ertak poetikasi o‘rtasidagi yaqinlik tasodifiy mavzu o‘xshashligidan emas, balki og‘zaki ijro, formulaviy xotira, takror, uchlik, obrazli transformatsiya va kumulyativ kompozitsiya kabi umumiy poetik mexanizmlardan kelib chiqishini ko‘rsatadi. Natijada xalq ertaklaridagi olqish birliklarini aniqlash va tahlil qilish uchun aniq operatsion ta’rif hamda ko‘p bosqichli tahlil modeli taklif etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务