TALABALAR IJODIY TAFAKKUR DIAGNOSTIKASINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada talabalarda ijodiy tafakkurni diagnostika qilishning psixologik mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida kreativ fikrlashni rivojlantirish va uning darajasini aniqlash dolzarb ilmiy muammolardan biri hisoblanadi. Ijodiy tafakkur shaxsning muammoli vaziyatlarda yangi g‘oyalar ishlab chiqish, nostandart qarorlar qabul qilish va mavjud bilimlarni yangi sharoitlarda qo‘llash qobiliyatini ifodalaydi. Maqolada ijodiy tafakkurning psixologik mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda diagnostika qilish jarayonining nazariy asoslari yoritilgan. Shuningdek, ijodiy tafakkurni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy psixodiagnostik metodlarning ilmiy ahamiyati asoslangan. Ijodiy tafakkur rivojlanishida divergent tafakkur, moslashuvchanlik, originallik va muammoga sezgirlik kabi komponentlarning ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tilgan [2]. Mazkur tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida ijodiy tafakkurni aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan psixologik faoliyatni samarali tashkil etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



