SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING XORIJIY TILLARNI O'QITISH JARAYONIGA INTEGRATSIYASI: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari, pedagogik imkoniyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intellekt vositalaridan xorijiy tillarni o‘qitishda foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, ularning ta’lim jarayonidagi funksional xususiyatlarini o‘rganish hamda samarali qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, tizimlashtirish, qiyosiy tahlil va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning tavsiyaviy hujjatlari, ilmiy tadqiqotlar va xorijiy tillarni sun’iy intellekt yordamida o‘rganishga yo‘naltirilgan ta’lim amaliyoti tahlil qilingan. Natijada sun’iy intellekt texnologiyalarining tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish, individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish, o‘quv topshiriqlarini moslashtirish hamda bilimlarni baholash jarayonlarini takomillashtirishdagi imkoniyatlari tizimlashtirilgan. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalanishda axborot ishonchliligi, akademik halollik, raqamli tengsizlik va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Xulosa sifatida sun’iy intellekt vositalarini xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga pedagogik maqsadlar, metodik yondashuvlar va o‘qituvchi nazorati asosida integratsiyalash zarurligi asoslangan.



